So‘ngi yillarda Yevropa davlatlarining O‘zbekiston bilan migratsiya sohasidagi hamkorlikka qiziqishi ortib bormoqda.
Xususan, yaqinda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi hamda Belgiya Qirolligi Ichki ishlar federal xizmatining Immigratsiya idorasi o‘rtasida ikki tomonlama munosabatlar tarixida birinchi kelishuv hujjati imzolandi. Bu holatni Yevropa davlatlari bilan migratsiya yo‘nalishidagi hamkorlikning mantiqiy davomi, desak o‘rinli.
Ma’lumki, Belgiya Immigratsiya idorasi – ushbu mamlakatga kirish, yashash, ruxsatnomalar berish va xalqaro himoya masalalari bo‘yichaqaror qabul qiluvchi asosiy tuzilma hisoblanadi.
Ta’kidlanishicha, tomonlar bir qator yo‘nalishlarda, jumladan, Belgiyada yurtimiz fuqarolari uchun qonuniy mehnat imkoniyatlarini kengaytirish, milliy migratsiya boshqaruv tizimiga Yevropa standartlarini joriy etish, Belgiya tajribasi asosida o‘quv dasturlarini o‘lkamizda amalga oshirish, migratsiya jarayonlarining shaffofligi va samaradorligini oshirish maqsadida ikki idora o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot o‘rnatish bo‘yicha kelishib oldilar.
G.Sattorova, O‘zA