Belgiya jurnali o‘zbek adiblarini e’tirof etmoqda
O‘zbekiston adabiyoti bugun ko‘plab xorijiy davlatlarning e’tiboriga sazovor bo‘lmoqda. Faol ijod qilayotgan va asarlari dunyo miqyosida e’tirof etilayotgan bir guruh ijodkorlarning asarlari Belgiyaning Xalqaro adabiy elektron jurnali “Atunis Galaxy Poetry”da chop etildi.
Mazkur jurnalning yangi sonida shoir G‘ayrat Majidning “Grief”, “One day…”, “In love” nomli she’rlari (tarjimon Munira Norova), shoir Muhiddin Abdusamadning “Shock”, “I love it when everything appears in white” (tarjimon Gulnoz Tojiboyeva) nomli she’rlari, yozuvchi Muhabbat Yo‘ldoshevaning “Rain”, “Spring rainfalls”, “Stars”, “Coffee and croissant” nomli she’rlari ingliz tilida chop etildi.
O‘zbek adabiyoti namoyandalarining chet davlatlar kitobxonlari qalbidan joy olayotgani, dunyo xalqlari o‘zbek adabiyoti bilan tanishib borayotgani nafaqat ustoz ijodkorlar, balki yoshlarga ham katta g‘urur bag‘ishlamoqda.
O‘zA