Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Belgiya bilan migratsiya sohasida hamkorlik kuchaytiriladi
11:34 / 2021-11-26

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligida pandemiya davrida O‘zbekiston fuqarolarini Belgiya davlatiga ishga jalb qilish va kirishi tartibini muhokama qilish maqsadida uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuvda Agentlik boshqarma boshliqlari, Belgiyaning Rossiya Federatsiyasidagi elchixonasi xodimi va boshqa mas’ul xodimlar ishtirok etdi.

Dastlab ishtirokchilarga Agentlik faoliyati haqida ma’lumot berildi. Mamlakatimizda tashqi mehnat migratsiyasi sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar alohida ta’kidlandi.

Belgiyada O‘zbekiston fuqarolarini tashkillashtirilgan holda ishga jalb qilish, ularni Yevropa standartlari asosida o‘qitish maqsadida O‘zbekiston hududida talab qilinadigan kasb va xorijiy tillarni o‘rgatish masalalari haqida so‘z yuritildi.

Uchrashuvda nomzodlarga qo‘yiladigan talablar, viza va chet ellik ishchilarni yollash tartibi ham muhokama qilindi.