Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Belgiya analitik markazi bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yildi
18:45 / 2022-03-13

Bryusselda “Taraqqiyot strategiyasi” markazi ijrochi direktori E.Tulyakov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi a’zolari International Crisis Groupning Yevropa va Markaziy Osiyo bo‘yicha dasturlar direktori Olga Oliker xonim bilan uchrashuv o‘tkazdilar.

Bu haqda “Taraqqiyot strategiyasi” markazi  Axborot xizmati xabar berdi.

International Crisis Group Belgiyadagi tahliliy markaz bo‘lib, uning faoliyati mintaqadagi mojarolarning oldini olishga qaratilgan. ICG mojarolardan oldin va keyin ham tadqiqotlar olib boradi. Bundan tashqari, global muammolarning fuqarolik jamiyatiga ta’sirini baholash ko‘rsatkichlarini ishlab chiqadi va amalga oshiradi.
Olga Oliker xonim ta’kidlaganidek, ICGning ustuvorligi nizolarni va tahdidlarni aniqlash uchun o‘z vaqtida tahlil qilishdir. Shu bilan birga, ICG nashrlari axborot byulletenlari shaklida dunyoning 78 mamlakatida faol abonentlar va foydalanuvchilar orasida tarqatiladi. Tahliliy markazning asosiy hamkori Yevropa Kengashi hisoblanadi.

Uchrashuvda “Taraqqiyot strategiyasi” markazi direktori E.Tulyakov International Crisis Group vakillarini 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning Taraqqiyot strategiyasi doirasida ko‘zda tutilgan asosiy ish yo‘nalishlari bilan tanishtirdi. Bundan tashqari, ushbu strategiya boshqa masalalar bilan bir qatorda nizolar va tahdidlarga qarshi kurashish, inqiroz hodisalarining oldini olish, shuningdek, yoshlarni turli ta’sir va oqimlardan himoya qilishga qaratilganligini ta’kidladi. 

Bular qatoriga kambag‘allikni qisqartirish, yoshlarning oliy ma’lumot darajasini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar, muhtoj qatlamlarni ijtimoiy kafolatlar bilan to‘liq qamrab olish, mamlakatning iqtisodiy ko‘rsatkichlariga mos keladigan pensiyalarning bir tekis oshirilishi, yoshlarni axloqiy asoslarni buzishga olib keladigan harakatlardan himoya qilish, terrorizm va diniy ekstremizm, separatizm, fundamentalizm, zo‘ravonlik va shafqatsizlik g‘oyalari, aholi, ayniqsa yoshlar o‘rtasida terrorizm va ekstremizm mafkurasiga qarshi kuchli va barqaror immunitetni shakllantirish va boshqalarni keltirish mumkin.

International Crisis Group bilan tomonlarni qiziqtirgan boshqa sohalar ham muhokama qilindi. Uchrashuv yakunlari bo‘yicha tomonlar Markaziy Osiyo mamlakatlarida global muammolarning fuqarolik jamiyatiga ta’siri kabi sohalarda qo‘shma tadqiqotlar olib borishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.

O‘zA