Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Belbog‘li kurashda farg‘onaliklar g‘olib bo‘lishdi
09:47 / 2024-02-17

Mamlakatimiz  bo‘ylab  professional  ta’lim  muassasalari o‘rtasidagi “Barkamol  avlod” sport  musobaqalarining  respublika final  bosqichi o‘tkazilmoqda. 15-16 fevral kunlari ushbu musobaqaning belbog‘li kurash turi bo‘yicha o‘tkazilgan final bellashuvlariga Farg‘ona shahri mezbonlik qildi.

Farg‘ona olimpiya va paralimpiya sport kollejida tashkil etilgan musobaqa murosasiz va juda qizg‘in o‘tdi. Azaldan polvon va mohir kurashchilari bilan  jahonga  tanilgan yurtimiz yoshlari o‘z mahoratlarini namoyish qilishdi. Respublikamizning turli viloyatlaridan kelgan sportchi yoshlar – litsey, kasb-hunar maktabi, texnikum o‘quvchilarining har bir chiqishi olqishlar bilan kutib olindi. Bellashuvlarni tajribali murabbiylar, faxriy kurashchilar, keng jamoatchilik vakillari kuzatib borishdi. 

Ikki kun davom etgan musobaqa natijasiga ko‘ra, mezbon viloyat vakillari umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egallashdi. Farg‘ona viloyati o‘quvchi-yoshlari 9 ta (4 ta oltin, 3 ta kumush, 2 ta bronza) medalni qo‘lga kiritishdi.

Musobaqa g‘oliblari va faol ishtirokchilar viloyat hokimligi hamda mas’ul boshqarmalar tomonidan qimmatbaho sovg‘alar, diplomlar bilan taqdirlandi.

Ta’kidlash kerak, “Barkamol avlod” sport musobaqalarida Farg‘ona viloyati yoshlari badminton, basketbol, voleybol, stol tennisi, shaxmat-shashka, stritbol, erkin kurash kabi sport turlari bo‘yicha ham faol ishtirok etmoqda. 

M.Sulaymonov, O‘zA muxbiri