Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Belbog‘li kurashchilarimiz Qirg‘iziston musobaqalarida 12 ta medalli bo‘ldi
11:16 / 2025-08-28

Qirg‘izistonning Cho‘lponota shahrida qirg‘iz kurashi, qumda belbog‘li kurash bo‘yicha jahon kubogi hamda tatar kurashi bo‘yicha o‘tkazilgan xalqaro turnirda belbog‘li kurash bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasining 13 nafar a’zosi ishtirok etib, 12 ta medalga egalik qildi.

Kurash sport turining 3 ta yo‘nalishida qatnashgan terma jamoamiz a’zolaridan Diyorbek Polvonboyev, Husan Abduhakimov va Abbosbek Ahmadjonov oltin medallarni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, Hasanjon Mirzarahimov, Nodirbek Abdumalikov, Shukrullo Mamatkarimov,  Samandar Anvarov, Kamoliddin Mahkamov, Umidjon Olimov, Diyorbek Saydullayev sovrindorlar qatoridan joy egalladi.

T.Ro‘ziyev,

O‘zA