Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Belbog‘li kurashchilarimiz jahon kubogida e’tirof etildi
14:55 / 2025-11-24

Rossiyaning Ufa shahrida belbog‘li kurash bo‘yicha erkaklar va ayollar o‘rtasida o‘tkazilgan jahon kubogi musobaqasida o‘zbekistonlik sportchilar oltin va bronza medallarini qo‘lga kiritdi.

30 ta davlat kurashchilari qatnashgan musobaqaning ilk kunida terma jamoamiz a’zosi Sarvar Ikromov -100 kilogramm vazn toifasida oltin medalga sazovor bo‘ldi.

Jahon kubogining ikkinchi kunida jamoaviy bellashuvlar tashkil etildi. Unda terma jamoamiz a’zolari kuchli uchlikka kirdi.  

Nufuzli musobaqa davomida turli nominatsiyalar bo‘yicha sovrindorlar nomi e’lon qilindi.

E’tiborli jihati, O‘zbekiston belbog‘li kurash federatsiyasi raisi Ravshan Dastirov belbog‘li kurashni rivojlantirishga qo‘shayotgan hissasi uchun tashakkurnoma bilan taqdirlandi.

Shuningdek,  jahon kubogi musobaqasida bosh hakamlik vazifasini bajargan hamyurtimiz Elmurod Abdullayev yil davomida o‘tkazilgan jahon chempionati, xalqaro turnirlar va kubok bellashuvlarida odilona hakamlik qilgani uchun "Yilning eng yaxshi xalqaro toifadagi hakami-2025" ("The Best Referee-2025") nominatsiyasi g‘olibi sifatida e’tirof etildi. Sportchimiz Bekzod Abdurahmonov "Yuqori texnika sohibi" nominatsiyasiga loyiq ko‘rildi.

T.Ro‘ziyev, O‘zA