Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Belbog‘li kurash: Toshkent viloyati hokimi kubogi parkentliklarga nasib etdi
18:11 / 2024-03-26

Nurafshon shahrida belbog‘li kurash bo‘yicha o‘smirlar, yoshlar va kattalar o‘rtasida o‘tkazilgan “Toshkent viloyati hokimi kubogi” musobaqasi aholini sog‘lom turmush tarziga qiziqtirish bilan birga milliy qadriyatlarimizni ulug‘lash tadbiri sifatida ko‘pga manzur bo‘ldi.

Musobaqada viloyatning sport ta’lim muassasalari, sport klublari va turli tashkilotlar milliy sport turimiz belbog‘li kurash bilan shug‘ullanayotgan sportchilar g‘oliblik uchun bellashdi.

5 ta vazn toifasida o‘tgan murosasiz kurashlar natijasida bo‘kalik Firdavs Xaqnazarov, chirchiqlik Shoxib Begmatov, parkentlik Javohir To‘laboyev va Otabek Asamov g‘oliblik shoxsupasiga ko‘tarildi. 

Umumjamoa hisobidagi sovrinli o‘rinlar Parkent, Chirchiq va Bo‘ka jamoalariga nasib qildi. 

Musobaqaning g‘olib va sovrindorlari diplom, medal va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.

Taqdirlash marosimida Toshkent viloyati hokimi Zoir Mirzayev, O‘zbekiston belbog‘li kurash federatsiyasi raisi Ravshan Dastirov va boshqa mutasaddilar ishtirok etdi. 

T. Ro‘ziyev, O‘zA