Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Belbog‘li kurash “Ko‘chmanchi xalqlar milliy o‘yinlari” dasturiga kiritildi
13:07 / 2022-03-09

Ozarbayjon poytaxti Bakuda o‘tkazilgan Butunjahon etnosport konfedratsiyasining 5-anjumani milliy sport turlarimizning eng muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘lgan belbog‘li kurash uchun omadli kechdi.

Dunyoning 45 ta davlatidan sport delegatlari, BMT vakillari, taniqli sportchilar ishtirok etgan anjumanda O‘zbekiston belbog‘li kurash federatsiyasi raisi Ravshan Dastirov belbog‘li kurashini xalqaro miqyosda keng rivojlantirish bo‘yicha nutq so‘zladi.  
Anjuman doirasidagi uchrashuv va muzokaralar asnosida joriy yilning kuz faslida Turkiyada o‘tadigan “Ko‘chmanchi xalqlar milliy o‘yinlari” tarkibiga belbog‘li kurash sport turini ham kiritish bo‘yicha kelishuvga erishildi. 



Beshinchi bor o‘tkazilgan ushbu anjumanda mutaxassislar milliy sport turlarini xalqaro darajada rivojlantirish, kelajakda tashkil etiladigan musobaqalar, etnosport faoliyatini keng targ‘ib etish orqali turkiy xalqlarning azaliy qadriyatlari bo‘lgan milliy o‘yin va sport turlarini xalqaro maydonda yanada rivojlantirish kabi qator masalalar muhokama qilindi.  

T.Ro‘ziyev, O‘zA