Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Belbog‘li kurash Butunjahon etnosport o‘yinlari tizimidan joy oldi
13:51 / 2022-10-04

Xabar berganimizdek, joriy yil 29 sentyabr — 3 oktyabr kunlari Turkiyaning Bursa viloyati Iznik shahrida Butunjahon etnosport o‘yinlari bo‘lib o‘tdi.

Mazkur o‘yinlarda O‘zbekiston belbog‘li kurash federatsiyasi raisi Ravshan Dastirov yetakchiligidagi 17 nafar sportchimiz ishtirok etdi. 

Polvonlarimiz dastlab tomoshabinlarga belbog‘li kurash bo‘yicha ko‘rgazmali chiqishlarni namoyish etdi. 

Turli ko‘rinishda bajarilgan belbog‘li kurash usullari ishqibozlar olqishiga sazovor bo‘ldi. 

Vakillarimiz 30 dan ziyod davlat polvonlari bilan kechgan shiddatli bahslar natijasiga ko‘ra, turli vaznlarda 6 tadan oltin, kumush, bronza, jami 18 ta medalga musharraf bo‘ldi, deyiladi O‘zbekiston belbog‘li kurash federatsiyasi xabarida. 

O‘yinlar jarayonidagi jozibali ko‘rgazmali chiqishlar hamda Xalqaro etnosport tashkiloti bilan o‘tkazilgan muzokara va kelishuvlar natijasida milliy sport turimiz bo‘lgan belbog‘li kurash Butunjahon etnosport o‘yinlari dasturidan rasman joy olgani e’tirof etildi. 



T.Ro‘ziyev, O‘zA