Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Belarusning “Rossiya quchog‘idan” chiqib ketish imkoniyatini yo‘qotgani aytilmoqda
16:23 / 2021-12-28

Belarus “Rossiya quchog‘idan” chiqib ketish imkoniyatini yo‘qotdi, dedi Xavfsizlik bo‘yicha Myunxen konferensiyasining kelgusi rahbari, germaniyalik diplomat Kristof Xoysgen RND mediaguruhiga bergan intervyusida, deb yozmoqda RIA Novosti.

"Imkoniyat bor edi. Prezident Lukashenko uni qo‘ldan chiqardi. Germaniya va Yevropa hamma narsani qilib ko‘rdi, masalan, Sharqiy hamkorlik doirasida Belarusga davlatni isloh qilish, mamlakatni jahon iqtisodiyotiga yaqinlashtirish va uni Rossiya quchog‘idan ozod qilish uchun harakat qilib ko‘rdi. Biroq u (prezident Lukashenko) mamlakatni liberallashtirish va demokratlashtirish uning o‘ziga siyosiy zarar keltirishidan qo‘rqdi. Mana shuning uchun ham u Rossiyaga iqtisodiy va siyosiy qaram bo‘lib qoldi. Ukraina esa boshqa yo‘ldan ketdi", – dedi germaniyalik diplomat.  

Belarus bilan G‘arb o‘rtasidagi munosabatlar 2020 yilda Belarusda bo‘lib o‘tgan prezident saylovidan keyin yomonlashib ketdi. Ushbu saylovda Aleksandr Lukashenko oltinchi bor g‘alaba qozondi. Shundan keyin mamlakatda muxolifatning ruxsat etilmagan ommaviy norozilik aksiyalari bo‘lib o‘tdi. 

Dekabr oyining boshida Yevropa Ittifoqi Belarusga yangi sanksiya joriy qildi. Bu o‘tgan yilgi prezident saylovidan keyingi Belarusga solingan beshinchi sanksiya hisoblanadi. Beshinchi sanksiya ro‘yxatidan belaruslik 17 nafar xususiy shaxs va 11 ta tashkilot joy egalladi. Endi Yevroittifoqning antibelarus sanksiyasi ro‘yxatiga kiritilgan jismoniy shaxslar soni jami 183, tashkilotlar soni esa 26 taga yetdi.  

Sanksiyalar mazkur ro‘yxatga kiritilgan xususiy shaxslarni Yevropa Ittifoqiga kirishga taqiq qo‘yadi hamda ularning va tashkilotlarning bank hisoblari muzlatiladi.  

Bundan tashqari, yevropalik xususiy shaxslar va kompaniyalari ushbu ro‘yxatga kiritilganlarga mablag‘ bera olmaydi.