Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Belaruslik sportchi “Parij-2024”da O‘zbekiston sharafini himoya qiladi
13:36 / 2024-07-21

Xalqaro olimpiya qo‘mitasi eshkak eshish bo‘yicha “Tokio-2020” Olimpiya o‘yinlari kumush medal sovrindori Anna Prakatenning “Parij-2024” o‘yinlarida O‘zbekiston terma jamoasi sharafini himoya qilishini tasdiqladi.

Aytish lozim, belaruslik Anna Prakaten O‘zbekiston terma jamoasi safiga 2023 yilning aprel oyida kelib qo‘shilgandi. U Xitoyda o‘tgan Osiyo o‘yinlarida mamlakatimiz sportchisi sifatida oltin medalni qo‘lga kiritgandi.

Anna Minskda tug‘ilgan va 2016 yilgacha Belarus terma jamoasi safida, keyin Rossiya terma jamoasida faoliyat ko‘rsatgan. “Tokio-2020” Olimpiya o‘yinlarida u yakkalik bahslarida kumush medalni qo‘lga kiritgan. Parijdagi musobaqada ham Anna O‘zbekiston safida yakkalik dasturida chiqish qiladi.

T.Ro‘ziyev, O‘zA