Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Belarusda o‘zbek kulolchilik san’ati namoyish etildi
14:48 / 2025-08-08

Qadriyatlarimizning ajralmas qismi bo‘lgan hunarmandchilik san’ati necha ming yillik tarixga, o‘ziga xos ijodiy maktab va an’analariga egaligi bilan dunyoga mashhur.

Yog‘och o‘ymakorligi, ganchkorlik, kulolchilik, zardo‘zlik, sozgarlik, kandakorlik, zargarlik bo‘ladimi, nafaqat mahalliy aholi balki, xorijliklarning ham e’tiborini tortadi.  

Shunga ko‘ra, Belarusning tarixiy va tabiiy go‘zalligi bilan mashhur hududi bo‘lgan Brest viloyatidagi milliy bog‘ida yurtimiz hunarmandlarining ko‘rgazmalari tashkil etildi.

Unda O‘zbekistonning xalq amaliy san’ati ustasi, taniqli kulol Baxtiyor Nazirov ishtirokida ijodiy mahorat darslari bo‘lib o‘tdi.

Mahorat darsida ishtirokchilar o‘zbek kulolchilik san’atining nozik jihatlari, sirli naqshlari va betakror uslublari bilan tanishdilar. Tabiat qo‘ynida o‘tgan ushbu uchrashuv san’atga oshno qalblarni birlashtirdi.

Tadbir davomida yaratilgan asarlar, ularning yasalish jarayoni va ustaning mahorati hammaning e’tiborini tortdi. Tashrif buyurganlar O‘zbekiston madaniyatiga katta qiziqish bildirishdi.

Bu nafaqat hunar almashinuvi, balki ikki xalq o‘rtasidagi do‘stona va madaniy aloqalarning yana bir porloq sahifasidir.

Gulnoza Boboyeva,

O‘zA