English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Belarusda o‘zbek filmlarini suratga olish ishlari muhokama qilindi
16:40 / 2021-01-19

"O‘zbekkino" Milliy agentligida «Belarusfilm» Milliy kinostudiyasi bilan kinoloyihalarga bag‘ishlangan navbatdagi hamkorlik masalalari ko‘rib chiqildi.

Onlayn tarzda tashkil etilgan uchrashuvda agentlik bosh direktori Firdavs Abduxoliqov, «Belarusfilm» Milliy kinostudiyasi bosh direktori Vladimir Karachevskiy, O‘zbekiston Respublikasining Belarusdagi elchixonasi maslahatchisi Doniyor Abidov, Madaniyat vazirligining kinematografiya bo‘limi boshlig‘i Bezugliy Aleksey, “Kinopost” rahbari Yevgeniy Levandovskiy va boshqalar ishtirok etdi.

"O‘zbekkino" MA axborot xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, mazkur uchrashuvda hamkorlikda suratga olinishi rejalashtirilayotgan 3 ta yangi film – Akbar Bekturdiyevning “Uzbechka”, Jahongir Ahmedovning “Bo‘ysunmas” (“Jizzax qo‘zg‘oloni”) hamda Muhammadali Iskandarovning “Mamadali Topvoldiyev” filmlarining Belarus davlatida tasvirga olish ishlari haqida so‘z yuritildi.

Xususan, M.Iskandarovning Ikkinchi jahon urushi qahramoni Mamadali Topvoldiyev haqidagi filmi ikki davlat o‘rtasidagi koproduksiya bo‘lishi rejalashtirilgan. Keyinchalik film bilan bog‘liq shartnoma va memorandumlar imzolanadi. Unda loyihaning moliyaviy xarajatlari, tasvirga olish ob’ektlari va boshqa raqamlar ko‘rsatilishi ma’lum qilindi.  

Ma’lumotlarga ko‘ra, 2020 yil Belarusda “Ilhaq”, “Meros” va “Muhabbat bahori” filmlarining tasvirga olish ishlari bo‘lib o‘tgan edi. 2021 yilda ham yuqorida nomlari sanalgan yangi kinoloyihalar bo‘yicha s’yomka jarayonlari bo‘lib o‘tishi ko‘zda tutilgan.

 

O‘zA