Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Belarusda 9 may kuni 60 yoshli jurnalist Vladimir Repik qo‘lga olindi
21:31 / 2021-05-10

Belarus jurnalistlar uyushmasi Vladimir Repikning hibsga olinishini uning jurnalistik faoliyati bilan bog‘liq emas, demoqda. Repikning o‘zi bunga ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilgan video sabab bo‘lganini aytgan.

V.Repik Belarusda shou-biznes va estrada festivallariga ixtisoslashgan taniqli jurnalist bo‘lib, u mamlakat ma’muriy kodeksining tegishli moddasiga binoan fashistlarning ramzlarini targ‘ib qilishda gumon qilingan. Bunga uning bir necha yil oldin ijtimoiy tarmoqqa joylashtirgan videosi sabab bo‘lgan. 

Video taxminan 25 soniyalik bo‘lib, unda bir necha yigit fashistni do‘pposlayotgani tasvirlangan, deya Repikning so‘zlarini bayon etadi Tut.by portali. Jurnalist ushbu video orqali natsizmga salbiy munosabatini namoyish qilmoqchiligini ta’kidladi, deb xabar berdi Belsat media kompaniyasi.

Vladimir Repik ishi bilan bog‘liq sud ishi 10 mayga belgilangandi.