English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Belarus Yevroittifoqqa qarshi sanksiyalar joriy etdi
09:47 / 2020-12-23

Yevropa ittifoqi tomonidan Belarusga qo‘llanilgan sanksiyalarning uchinchi paketiga javoban rasmiy Minsk bevosita javob choralarini ko‘radi va yevropaliklarga cheklovlarni e’lon qiladi, dedi Belarus diplomatiyasi rahbari Vladimir Makey.

“Bu Yevroittifoqning yana bir qator shaxslariga Belarusga kirishini taqiqlanishini anglatadi”, deyiladi “BelTA”ning undan keltirgan iqtibosida.  

Belarusning mazkur ro‘yxatidan Yevroittifoqning qaysi shaxslari joy olganiga aniqlik kiritilmagan, lekin cheklovlar o‘ta shaxsiy ko‘riniishda emasligi ma’lum qilingan.  

“Uch yo‘nalishdagi sanksiyalar ta’sirli va jiddiy bo‘ladi”, dedi Makey.