Belarus prezidenti Yevropa sanksiyalari mamlakat iqtisodiyotini rag‘batlantiruvchi vosita bo‘lmshini qayd etdi
Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko Yevropa Ittifoqining yangi sanksiyalariga qarshi harakat vositalarini taklif qildi.
U mazkur cheklovlar mamlakat uchun foydali bo‘ladi, deb hisoblaydi, deyiladi ”SputnikBelarus”.
Lukashenko sanksiyalarga mamlakat iqtisodini rag‘batlantiruvchi vosita deb qarashga chaqirdi.
“Iqtisodiyot, hatto, g‘arbning keskin cheklovlari sharoitida ham samarali faoliyat uchun yetarlicha resurslarga ega. Mahsulotimizni sotolmaymiz, deb tashvishlanishga o‘rin yo‘q. Biz bilan birga ishlaydiganlar bor”, dedi prezident.