Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Belarus Prezidenti MDH yetakchilarini Ukrainaning yangi hukumatini qo‘llab-quvvatlashga chaqirdi
15:58 / 2019-10-11

Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenko MDH davlatlari rahbarlarini Ukrainaning amaldagi hukumatini qo‘llab-quvvatlashga chaqirdi.


Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenko MDH davlatlari rahbarlarini Ukrainaning amaldagi hukumatini qo‘llab-quvvatlashga chaqirdi. 

“Ukrainadagi yangi hukumat to‘g‘risida gapirganda, sizlarni ushbu hukumatni qo‘llab-quvvatlashga chaqirmoqchiman. Siz bu hukumatni qisqartirish, uni buzish, ag‘darish tendensiyalarini ko‘rmoqdasiz, ammo bundan keyin biz Ukrainada hokimiyatga kim kelishini tushunishimiz kerak“, degan Lukashenko juma kuni Ashxaboddagi MDH davlat rahbarlari sammitida. BelTA agentligi uning so‘zlaridan iqtibos keltirgan. 

Belarus rahbari MDHdagi hamkasblariga Sobiq ittifoq hududidagi muzlatilgan mojarolarni birgalikda hal etish taklifi bilan murojaat qilgan. “Birga edik, birga kurashdik, endi esa Sobiq ittifoq hududida nimalar sodir bo‘layotganiga qaranglar. Bunday ziddiyatlar qanchalab. Nega biz bu masalalarni hal qilmayapmiz?“

Uning ta’kidlashicha, “Okean ortidan yordam chaqiradigan vaziyatni hosil qilmaslik lozim. Keling, muammolarimizni o‘zimiz hal qilamiz va yangisini yaratmaymiz“, degan Belarus yetakchisi.