French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Belarus Polshani qochoqlar bilan bog‘liq vaziyatda urushni tashviqot qilayotganlikda ayblamoqda
08:48 / 2021-11-19

Belarus bosh prokuraturasi Polsha rahbariyatiga nisbatan qochoqlar bilan bog‘liq vaziyatda urushni tashviqot qilishi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘adi.

Bu haqda ma’lum qilgan Belarus bosh prokurori Andrey Shved polshalik rahbar lavozimlardagi shaxslar migrantlarga va suveren mamlakatlar fuqarolariga munosabatda xalqaro huquq me’yorlarini qo‘pol tarzda buzayotganini aytdi.

“Belarus davlat chegarasiga hujumdan tashqari, polshalik harbiylar migrantlar o‘z niyatini bayon qilishiga qaramasdan noqonuniy deportatsiya qilinmoqda, ularga qo‘pol munosabatda bo‘linmoqda”, dedi u.

Bosh prokuror Minsk polshalik rasmiylarning Belarusga nisbatan munosabatiga doir ma’lumotlarni xalqaro tashkilotlarga yetkazishiga ishontirdi.