Belarus Polsha harbiy vertolyoti chegarani buzgani haqida bayonot berdi
Polsha harbiy vertolyoti Grodno viloyati Berestovitskiy tumanida Belarus chegarasini buzdi. Bu haqda respublika Davlat chegara qo‘mitasi ma’lum qildi.
“1 sentyabr kuni chegarachilarimiz Polsha tomonidan Grodno viloyati Berestovitskiy tumanida Belarus havo hududidi buzilganini qayd etdi. Mi-24 harbiy vertolyoti juda qisqa balandlikda davlat sarhadini buzib, 1,2 ming metr ichkariga kirgan va orqaga qaytgan”, deyiladi bayonotda.
Aytilishicha, Polsha tomoni mazkur voqea to‘g‘risida xabardor qilingan.
Varshava ma’lum qilishicha, 1 avgust kuni ikki Belarus vertolyoti Polsha havo hududini buzib kirgan. Belarus Tashqi ishlar vazirligi Polshaning Minskdagi elchixonasi notasida sarhad buzilishiga oid yetarli darajada isbot ko‘rsatilmaganini bayon qilgan edi.
O‘zA