Belarus hukumati delegatsiyasi O‘zbekistonga tashrif buyuradi
Belarus Respublikasi Bosh vaziri Aleksandr Turchin boshchiligidagi hukumat delegatsiyasi rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonda bo‘ladi.
Belarus hukumati matbuot xizmatining xabar berishicha, Toshkentga tashrif doirasida O‘zbekiston-Belarus ishbilarmonlar kengashining to‘rtinchi yig‘ilishi va biznes-forum o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Ikki kunlik tashrif dasturidan hukumat rahbarlari darajasidagi muzokaralar, qator sanoat korxonalariga tashriflar ham o‘rin olgan.
Oliy darajadagi uchrashuvlarda ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilinadi. Sanoat kooperatsiyasini kengaytirish, ishbilarmonlik aloqalarini mustahkamlash va qo‘shma loyihalarni ilgari surish masalalariga alohida e’tibor qaratiladi.
Aziza Alimova tayyorladi, O‘zA