Belarus harbiy qismlar tayyorgarligini tekshira boshladi
– Bugun Qurolli Kuchlar qo‘shini va harbiy qismlar tayyorgarligi, vazifalar belgilangan tartibda bajarilishi holati to‘satdan tekshirila boshlandi, – deya xabar berdi Belarus Mudofaa vazirligi matbuot xizmati. – Raketa tizimi, artilleriya, samoviy kuchlar va havo mudofaasi jalb qilingan holda, jangovar tayyorlik nazoratga olingan.
Tadbirga tezkor qo‘mondonlik harbiy bo‘linmalari, maxsus amaliyot kuchlari, raketa va artilleriya qo‘shini, havo kuchlari jalb etilgan.
“Anadolu” yozishicha, birinchi bosqichda belgilangan hududlarni tezkor egallash, muhandislik-texnik tayyorlik, xavfsizlik va mudofaani tashkil etish, jangovar xizmatga kirishish holati tahlil qilinadi.
– Kelgusida harbiy qism va bo‘linmalar jangovar tayyorgarlikka oid vazifani bajarishi kerak. Tekshiruvni tashkil etish uchun Brest va Gomel viloyatlaridagi sinov maydonlari, tegishli hududlardan foydalaniladi, – deyilgan axborotda.
Bu davrda umumiy foydalaniladigan yo‘llarda harbiy texnika harakatlanishi mumkin, deya ogohlantirgan tegishli departament.