Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Belarus G‘arb davlatlari cheklovlariga qarshi javob sanksiyalarini qaytaradi
08:49 / 2021-12-04

Yaqin vaqtlarda Belarus G‘arb davlatlariga qarshi cheklov choralari paketini amalga joriy qiladi, dedi mamlakat bosh vaziri Roman Golovchenko.

“BelTA” xabarida aytilishicha, bosh vazir: “Ro‘yxat anchagina katta. Bu assimetrik yoki norasmiy deb ataluvchi choralar bo‘lmaydi. Bular bizga ko‘rsatilayotgan bosimga javoban ko‘riluvchi iqtisodiy choralar bo‘ladi”, deb ta’kidlagan.

Ayni paytda u yaqinda Belarusga qarshi joriy qilingan sanksiyalar tushunarsiz ekanini aytib: “Bular qaysi mezonlarga muvofiq keladi? Professionalizm qani? Bunda, hatto sanksiyalar ham to‘g‘ri qo‘llanmagan”, deb fikr bildirgan.