Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Belarus Bosh vaziri TEXNOPARK faoliyati bilan tanishdi
17:42 / 2026-02-24

Belarus Respublikasi Bosh vaziri Aleksandr Turchin boshchiligidagi delegatsiyasi mamlakatimizga rasmiy tashrifi doirasida “TEXNOPARK MCHJ” ishlab chiqarish majmuasiga bordi.

Mehmonlarga korxonaning ishlab chiqarish quvvati namoyish etildi. Xususan, ular elektron gaz hisoblagich, lift va eskalator, muzlatgich va kir yuvish mashinasi, konditsioner, nasos, shuningdek alyuminiy kompozit panel va bazalt izolyatsiya materiallari ishlab chiqarish jarayoni bilan yaqindan tanishdilar.

[gallery-27839]

2019-yil import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarish maqsadida tashkil etilgan mazkur korxona bugungi kunda yuqori texnologiyali ishlab chiqarishga yo‘naltirilgan 17 ob’ektni birlashtirgan yirik sanoat markaziga aylangan. Ayni payt majmuada 5 000 ga yaqin xodim faoliyat yuritadi.

Texnopark mahsulotlari Rossiya, Ruminiya, Qozog‘iston, Ozarbayjon, Gruziya, Tojikiston, Mo‘g‘uliston, Turkiya, Qirg‘iziston va Afg‘oniston bozoriga eksport qilinmoqda.

Dilshod Hakimov, Farxod Abdurasulov (surat), O‘zA