Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Belarus BMT xalqaro sudiga “Belavia” samolyotlari parvoziga qo‘yilgan taqiqlar bo‘yicha da’vo arizasini kiritadi
06:42 / 2021-06-05

Belarus kasaba uyushmalari federetsiyasi BMT xalqaro sudiga “Belavia” samolyotlari parvoziga qo‘yilgan taqiqlar bo‘yicha da’vo arizasini kiritadi, deyiladi federatsiya saytidagi ma’lumotda.

“INTERFAX.RU”da keltirilishicha, tashkilot rahbari Mixail Orda “Belavia” jamoasi bilan uchrashuvda: “Vaziyatga huquqiy hujjatlar asosida baho berilishi uchun BMT xalqaro sudiga da’vo bilan murojaat qilamiz”, deb ta’kidlagan. 

Uning aytishicha, BMT bosh assambleyasi va BMTning inson huquqlari bo‘yicha kengashi o‘z rezolyutsiyalarida bir tomonlama choralar halqaro huquq, BMT Nizomi va davlatlararo munosabatlarga doir me’yorlarga zid ekanini bir necha marta takrorlagan.