Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Belarus 2019 yilda Rossiyadan qarz olmoqchi
17:39 / 2018-11-12

“www.vestifinance.ru“ning qayd etishicha, Belarus moliya vaziri Maksim Yermolovich Minsk va Moskva 2019 yilda davlat krediti ajratish boʻyicha kelishib olgani, navbatdagi bosqich, kelishuvni muvofiqlashtirish ekanligini maʼlum qilgan.

“Barchasi joyida, qarorlar qabul qilindi. Masala kelishuvga tayyorgarlik ichida qolmoqda. Bu endi keyingi yil. Rossiya va oʻzimiz tomondan qandaydir yangi qarorlarni kutmayapmiz”, degan vazir jurnalistlarga.

Xabarda eslatilishicha, RF bosh vaziri birinchi oʻrinbosari, moliya vaziri Anton Siluanov vazirlik keyingi yilda Belarusga Rossiyadan olgan qarzlarini qayta moliyalashtirish uchun 630 million dollar miqdorida kredit berish masalasini koʻrib chiqishini maʼlum qilgan boʻlgan.