Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bel olish va uchkurash bo‘yicha O‘zbekiston chempionati g‘oliblari aniqlandi
16:00 / 2020-12-25

Joriy yilning 23 dekabr kuni Sirdaryo viloyatining Shirin shahridagi Bolalar va o‘smirlar sport maktabida bel olish va uchkurash bo‘yicha 2005-2006 hamda 2007-2008 yillarda tug‘ilgan o‘g‘il bolalar va qizlar o‘rtasida O‘zbekiston chempionatiga start berildi.

Mazkur mamlakat chempionatida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va barcha viloyatlardan 500 nafardan ortiq yosh polvonlar g‘oliblik uchun kurash tushishmoqda. Musobaqa reglamentiga muvofiq, 23-24 dekabr kunlari 2005-2006 hamda 2007-2008 yillarda tug‘ilgan o‘smirlar va qizlar bel olishning xalqa - chalish, xalqa - chalishsiz yo‘nalishlarida belgilangan vazn toiflariga ko‘ra kuch sinashishdi. Unga ko‘ra quyidagi sportchilar birinchi o‘rinni qo‘lga kiritishdi:

2005-2006 yillarda tug‘ilgan o‘g‘il bolalar va qizlar o‘rtasida bel olishning xalqa - chalish yo‘nalishi

38 kg. Muzaffar Yo‘ldoshev (Farg‘ona)

44 kg. Muzaffar Raximberdiyev (Namangan)

52 kg. Javlon Usmonjonov (Namangan)

62 kg. Sardor Isaqulov (Sirdaryo).

2005-2006 yillarda tug‘ilgan o‘g‘il bolalar va qizlar o‘rtasida bel olishning chalish yo‘nalishi:

O‘g‘il bolalar

35 kg. Xushnudjon Jo‘rayev (Jizzax)

41 kg. Sarvarbek Qosimjonov (Andijon)

47 kg. Ibrohim G‘aniyev (Farg‘ona)

57 kg. Javoxir Anvarjonov (Farg‘ona)

+62 kg. Anvar Xomidjonov (Farg‘ona).

Qizlar

44 kg. Gavxaroy Qutbiddinova (Namangan)

48 kg. Sevara Sottiyeva (Jizzax)

+48 kg. Sabina Najmiddinova (Jizzax).

2007-2008 yillarda tug‘ilgan o‘g‘il bolalar va qizlar o‘rtasida bel olishning xalqa - chalish yo‘nalishi:

O‘g‘il bolalar

30 kg. Ozodbek Karimboyev (Jizzax)

36 kg. Doniyor Rajabaliyev (Sirdaryo)

42 kg. Bahodir Ko‘pjursinov (Qoraqalpog‘iston)

48 kg. Ibrat Jumaboyev (Xorazm).

2007-2008 yilda tug‘ilgan o‘g‘il bolalar va qizlar o‘rtasida bel olishning chalish yo‘nalish:

O‘g‘il bolalar

27 kg. Oyatillaxon Abrorxonov (Farg‘ona)

33 kg. Oqilbek Rahimberdiyev (Namangan)

39 kg. Abdiqodir Jumaqo‘ziyev (Farg‘ona)

45 kg. Diyorbek Kuandikov (Qoraqalpog‘iston)

+48 kg. Elbek Soliyev (Farg‘ona).

Qizlar

36 kg. Muhabbat Ro‘ziboyeva (Jizzax)

+36 kg. Feruza Abdusalomova (Surxondaryo).

G‘olib va sovrindorlar medal, diplom va esdalik sovg‘alari bilan mukofotlanishdi.

Musobaqa dasturiga muvofiq, ertadan yosh polvonlar bel olish va uchkurashning uchkurash bo‘yicha bellashuvlarida o‘z omadlarini sinovdan o‘tkazishadi.

Oybek YUNUSOV, O‘zA