English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bekzodning tashabbusi qo‘llab-quvvatlandi
17:19 / 2020-02-26

Navoiy viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i, 4-sektor rahbari Ravshanjon Nasimov Xatirchi tumanining chekka Tasmachi mahallasi yoshlari bilan uchrashib, ularning tashabbus va takliflari bilan qiziqdi.


Navoiy viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i, 4-sektor rahbari Ravshanjon Nasimov Xatirchi tumanining chekka Tasmachi mahallasi yoshlari bilan uchrashib, ularning tashabbus va takliflari bilan qiziqdi.

Dastlab, sektor rahbari mahalladagi 17-umumta’lim maktabining 10-sinf o‘quvchilari bilan uchrashdi. O‘quvchilar bilan 45 daqiqalik dars davomida turli mavzularda suhbat uyushtirdi. Yoshlar bilan muloqotda Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbus doirasida ilm maskanidagi amaliy ishlar xususan, o‘g‘il-qizlarning kompyuter savodxonligini oshirish, kitobxonlikka keng jalb qilish, musiqa va san’at sirlarini o‘rgatish, sport bilan muntazam shug‘ullanish bo‘yicha yaratilgan shart-sharoitlar muhokama etildi. Samimiy muloqot tarzida o‘tgan darsda yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan mavzularda savollariga javob oldi. Faol o‘quvchilarga kitoblar jamlanmasi tuhfa etildi.

Viloyat davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i Tasmachi mahallasida 204 nafar vaqtincha ishsiz va uyushmagan yoshlar bilan o‘tkazilgan uchrashuvda ularning fikrlari bilan qiziqib, o‘z o‘rnida ularni qiynab kelayotgan muammolarni hal etish bo‘yicha samimiy muloqotlarga kirishdi. Yoshlar o‘z tashabbuslarini ilgari surar ekan, avvalo tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagida bo‘lganlar ko‘pchilikni tashkil etdi. Ularning murojaatlaridan kelib chiqib, sektor rahbari imtiyozli kredit ajratish masalasini qat’iy nazoratga oladigan bo‘ldi. Shu kuni 10 dan ortiq murojaatlar o‘rganilib, amaliy yordam ko‘rsatish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilab olindi. Masalan, tasmachilik Bekzod Ortiqov tadbirkorlik qilish maqsadida kitob do‘koni ochish uchun yer ajratish masalasida sektor rahbaridan ko‘mak so‘radi. Masala shu yerning o‘zida hal etildi. Muhokama etilgan masalalar yuzasidan chora-tadbirlar belgilanib, mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berildi.

– Mazkur loyihamda maktab o‘quvchilari kitoblardan bepul foydalanishi hamda aholida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish ko‘zda tutilgan, – deydi B.Ortiqov. – Viloyat 4-sektor rahbari, 17-umumta’lim maktabi rahbariyati va tuman mutasaddilari kitob savdosini tashkil etish va ixcham kutubxona barpo etish tashabbusimni qo‘llab-quvvatlaganidan mamnunman.

Uchrashuv so‘ngida faol yoshlarga sport inventarlari va kitoblar jamlanmasi berildi.

Rahbar va yoshlar uchrashuvi so‘ngida barcha murojaatlarning mazmun-mohiyatidan kelib chiqqan holda hamkorlikda qilinishi zarur bo‘lgan ishlarning yo‘l xaritalari ishlab chiqilib, ijrosini ta’minlashga kelishib olindi.