Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bekzod Abdurahmonov Oʻzbekistonga jahon chempionatidagi ilk medalni taqdim etdi
12:46 / 2018-10-22

Vengriya poytaxti Budapesht shahrida sport kurashlari boʻyicha jahon chempionati start oldi.


Vengriya poytaxti Budapesht shahrida sport kurashlari boʻyicha jahon chempionati start oldi.

Kecha, musobaqada medallar uchun bahslar oʻtkazildi. Quvonarlisi, -74 kg vazn toifasida janglarda ishtirok etgan hamyurtimiz Bekzod Abdurahmonov bronza medalini qoʻlga kiritdi.

Abdurahmonov musobaqada gruziyalik raqibga magʻlub boʻlgandi. Ammo, keyinchalik unda bronza medali uchun kurash olib borish imkoniyati paydo boʻldi. U avvaliga Polsha, keyin esa Ozarbayjon vakillarini magʻlubiyatga uchratdi va bronza medali uchun jang qilish huquqiga ega boʻldi.

Medal uchun jangda turkiyalik raqibini magʻlubiyatga uchratdi va Oʻzbekiston hisobiga ushbu jahon chempionatidagi dastlabki medalni qoʻshib qoʻydi.