Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bektemir Meliqo‘ziyev WBA chempionlik kamari da’vogariga aylandi
10:41 / 2026-01-02

Professional boksning ikkinchi o‘rta vazn toifasida jang olib boradigan hamyurtimiz Bektemir Meliqo‘ziyev Butunjahon boks assotsiatsiyasi (WBA) reytingida birinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi.

Mazkur vaznda meksikalik 26 yoshli Xose Armando Resendis WBA chempionlik kamarining to‘laqonli egasiga aylandi.

2025 yilning may oyida Kaleb Plantni mag‘lub etgan Resendis vaqtinchalik WBA chempionlik kamarini qo‘lga kiritgandi. Terens Kroufordning professional boksdagi faoliyatini yakunlashi Resendisni ushbu og‘irlikda chempionlik kamarining to‘laqonli egasi bo‘lishiga olib keldi.

Bu, o‘z navbatida Bektemir Meliqo‘ziyevga reytingda birinchi o‘ringa ko‘tarilishi bilan birga chempionlik kamariga majburiy da’vogarlikni taqdim etdi.

Eslatib o‘tamiz, bokschimiz Meliqo‘ziyev shu kunlarda AQSHning Indio shahrida meksikalik murabbiyi Joel Dias qo‘l ostida mashg‘ulotlarni davom ettirmoqda. Bektemir o‘tgan yil may oyida o‘tkazilgan so‘nggi jangida amerikalik Darius Fulgxemni ochkolar hisobida mag‘lub etgandi.

T.Ro‘ziyev,

O‘zA