Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bekobodliklar uchun tibbiy ko‘rik
15:15 / 2023-04-01

Bekobod shahridagi Mudofaa vazirligiga qarashli harbiy qism tashabbusi bilan Markaziy harbiy klinik gospitali, Toshkent viloyati sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasi hamda “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondining Tibbiy-ijtimoiy markazi mutaxassislari ishtirokida Bekobod tumani 4-sonli oilaviy poliklinikasida “Qolgansir”, “Oltin vodiy” va “Farhod” mahalla fuqarolari yig‘inida istiqomat qilayotgan mahalliy aholi vakillari uchun tibbiy-ko‘rik bo‘lib o‘tdi. Unda pediatr, terapevt, ginekolog, oftalmolog, lor, nevrolog, endokrinolog, dermatolog kabi vrachlar ko‘rigi, shuningdek, UTT va EKG tekshiruvlari hamda laboratoriya tahlillari o‘tkazildi.

Tadbir davomida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish qaratilgan “Sog‘lom tanda — sog‘ aql”, “Yod tanqisligi” va “Xotin-qizlar reproduktiv salomatligi sog‘lom kelajak asosi” mavzusida tibbiy profilaktik suhbatlar ham olib borildi. Tibbiy-ko‘rikka jami 450 ga yaqin mahalliy aholi qamrab olindi. Ularga malakali tibbiyot xodimlari tomonidan zarur maslahatlar berildi. Shuningdek, “Temir daftar”ga kiritilgan aholi  tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, bepul davolanish uchun orderlar bilan ta’minlandi.

A.Musayev, O‘zA.