English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bekobodda yangi investitsiyalar o‘zlashtirilmoqda
09:36 / 2023-08-11

Prezidentimiz raisligida 11 iyul kuni o‘tkazilgan investitsiyalar jalb qilishni yanada kengaytirish chora-tadbirlari muhokamasi bo‘yicha videoselektor yig‘ilishida tarmoq va hududlardagi investitsiya ko‘rsatkichlari, loyihalarning ijrosi va yil yakunigacha bo‘lgan ustuvor vazifalar muhokama qilingan edi.

Bekobod shahrida bu boradagi ishlar qanday tashkil qilindi? Hududda 2023 yilda 10 million dollar miqdorida to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni o‘zlashtirish belgilangan. Shundan, yanvar-iyun oylarida 5,6 million dollar miqdorida to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar o‘zlashtirildi. Xususan, Turkiya, Misr, Italiya hamda Xitoy davlatlarining 20 dan ortiq investor, tadbirkorlari bilan uchrashuvlar o‘tkazilib, hududning iqtisodiy salohiyati, ijtimoiy infratuzilmasi va logistika imkoniyatlari haqida ma’lumotlar berildi. 

Shuningdek, O‘zbekistonning Xitoydagi elchixonasi bilan muntazam olib borilgan muzokaralar natijasida mazkur davlat tomonidan qator loyihalar ishga tushirilmoqda. Ya’ni, umumiy qiymati 6 million dollar bo‘lgan polimer tola ishlab chiqaruvchi korxona ishga tushirilishi ham shular jumlasidandir. Ana shunday yirik loyihalardan biri Bekobod shahar kichik sanoat zonasida xitoyliklar bilan hamkorlikda “Shengli Stell” MCHJ qo‘shma korxonasi foydalanishga topshirildi. “Temir chiqindilarini qayta ishlash” loyihasi uchun 5 million dollar xorijiy investitsiya o‘zlashtirilib, 100 ga yangi ish o‘rinlari yaratildi. 


A.Musayev, O‘zA.