Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bekobodda qadoqlanayotgan sabzavotlar xorijda xaridorgir
16:48 / 2020-08-17

Soʻnggi yillarda mamlakatimizda meva-sabzavot, poliz, dukkakli mahsulotlar yetishtirishni koʻpaytirish, qayta ishlash va eksport hajmini oshirishga katta eʼtibor qaratilmoqda.


Soʻnggi yillarda mamlakatimizda meva-sabzavot, poliz, dukkakli mahsulotlar yetishtirishni koʻpaytirish, qayta ishlash va eksport hajmini oshirishga katta eʼtibor qaratilmoqda.

Toshkent viloyatida ham qishloq xoʻjaligi izchil rivojlanib, barcha tarmoqlarda yuqori natijalarga erishayotgan koʻp tarmoqli fermer xoʻjaliklari, xususiy tadbirkorlar safi yil sayin kengayib bormoqda.

Xususan, viloyatda qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash yoʻnalishida faoliyat boshlayotgan korxonalarga har tomonlama koʻmak berilayotir. Jumladan, Bekobod tumanidagi “GREEN AGRO FOOD” masʼuliyati cheklangan jamiyat shaklidagi agrosanoat korxonasi toʻrt yil muqaddam meva va sabzavotlarni MDH mamlakatlariga eksport qilishni yoʻlga qoʻyish maqsadida tashkil etilgandi. Hozirgi kunda ajratilgan 177,55 gektar yer maydonda aysberg, brokkoli kabi sabzavotlarning bir nechta turi yetishtirilmoqda.

Oʻtgan yillar davomida agrosanoat korxonasida 30 milliondan ortiq koʻchat ekilib, parvarish qilindi. Shuningdek, meva-sabzavotlarning yangi turlarini ishlab chiqarish va sifatini yaxshilash maqsadida Toshkent viloyatida birinchilardan boʻlib, 60 gektar maydonda tomchilatib sugʻorishning innovatsion usuli joriy etildi.

2018-yilda 1 ming 932 tonna meva-sabzavot mahsuloti xorijga eksport qilindi. Oʻtgan yili esa 5 ming 125 tonna mahsulot xorij bozorlariga joʻnatildi.

Joriy yildagi rejalar ham salmoqli. Jami 3,5 million dollar qiymatidagi meva-sabzavot mahsulotlarini chetga joʻnatish koʻzda tutilgan. Oʻtgan olti oy mobaynida korxona tomonidan jami 2 ming tonnadan ortiq sabzavot va koʻkatlar qayta ishlanib, eksporti amalga oshirildi.

Shuningdek, agrosanoat korxonaning ishlab chiqarish hajmini kengaytirish, mijozlar istaklarini inobatga olgan holda vakuumli qadoqdagi pishirilgan sabzavotlarni ishlab chiqarish liniyasi tashkil etildi. Bu korxonaning toʻliq ishlab chiqarish sikliga ega boʻlishiga imkon beradi. Yaʼni mahsulotlarni yetishtirishdan tortib, uni tayyorlash, qadoqlash va Rossiyadagi chakana savdo tarmoqlariga yetkazib berish vazifasini oʻtaydi.

Bugungi kunga qadar qaynatilgan shirin makkajoʻxori va lavlagi ham shunday mahsulotlar tarkibiga kiradi. Korxona tomonidan ekin va ishlab chiqarish maydonlarini texnik jihozlashga 1,5 million dollaridan ortiq mablagʻlar yoʻnaltirilgan. Bundan tashqari, yangi mahsulotlar sifatini jahon andozalari talablari darajasiga toʻliq yetkazish maqsadida dalada maxsus jihozlangan sovutish xonasi qurilgan.

Ayni paytda korxonada 50 nafardan ziyod kishining bandligi taʼminlangan.