Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bekobod shahridagi "Real Madrid” futbol klubi akademiyasi foydalanishga topshirildi
17:22 / 2021-10-05

Shu munosabat bilan tashkil etilgan ochilish marosimida O‘zbekiston milliy olimpiya qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Ravshan Ermatov, Toshkent viloyati hokimi Davron Hidoyatov, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari ishtirok etdi.

 Ta’kidlanganidek, mamlakatimizda professional futbolni rivojlantirish, yoshlar o‘rtasida ommaviy sportni yanada keng targ‘ib qilish va sog‘lom turmush tarzini shakllantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘z samarasini bermoqda. Ayniqsa, chekka hududlarda yashovchi bolalarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish va mahoratini oshirish muhim ahamiyatga ega.

Mazkur futbol akademiyasida barcha sharoitlarga ega yotoqxona, o‘quv bo‘limi va zamonaviy oshxona mavjud bo‘lib, 11 yoshdan 17 yoshgacha bo‘lgan 7 ta yosh toifalaridagi guruhlarda yoshlar ta’lim oladi.

— "Real Madrid” futbol akademiyasining yangi binoda ish boshlashi shahrimiz yoshlari uchun yana bir qulaylik bo‘ldi, — deydi "Real Madrid” futbol akademiyasi direktori Akmal Sharipov. — Berilgan imkoniyatdan samarali foydalanib, o‘quvchilarga sifatli ta’lim berishni tashkil etish, futbolchilarning yangi avlodini shakllantirishga o‘z hissamizni qo‘shamiz. Hozir akademiyada o‘qish bo‘yicha ko‘plab qiziqishlar bo‘lyapti.

Aytish joizki, mazkur muassasada o‘quv-mashg‘ulot jarayonlari “Real Madrid” futbol klubi an’analariga mos ravishda olib boriladi. Mashg‘ulotlar uchun tabiiy va sun’iy futbol maydonlari, fitnes mashg‘ulotlari uchun mo‘ljallangan inshootlar faoliyati ham tashkil etilgan.

Mazur tadbirda Real Madridning sobiq futbolchisi Alvaro Arbeloa ishtok etdi hamda akademiyaga qabul qilingan yosh futbolchilar bilan o‘z tajribalarini o‘rtoqlashdi.

Ochilish marosimidan so‘ng tadbir ishtirokchilari akademiya faoliyati, binodagi mavjud imkoniyatlar bilan tanishdi.

 

A.Musayev, O‘zA