Bekmetova Sevara Ijodovnaning tibbiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
“Arterial gipertenziya bilan og‘rigan bemorlarda antigipertenziv terapiyaning chap qorincha miokardining deformatsion xususiyatlariga ta’siri” mavzusida
Bekmetova Sevara Ijodovnaning 14.00.06 - “Kardiologiya” ixtisosligi bo‘yicha “Arterial gipertenziya bilan og‘rigan bemorlarda antigipertenziv terapiyaning chap qorincha miokardining deformatsion xususiyatlariga ta’siri” mavzusidagi tibbiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi huzuridagi DSc.06/2025.27.12.Tib.09.01 raqamli Ilmiy kengashning 2026-yil 24-fevral kuni soat 16:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: 100052, Toshkent shahar, Osiyo ko‘chasi, 4-uy. Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
Tel.: (99871) 268-94-94
e-mail: cardiocenter@ssv.uz