Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bekatlar va jamoat transportini nogironligi bor odamlarga moslashtirish bo‘yicha dastur amalga oshiriladi
12:56 / 2024-02-20

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida ijtimoiy himoya sohasidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.

Shuningdek, bino va inshootlarni qurish loyihaci nogironligi bo‘lganlar uchun qulay muhit yaratilganligi bo‘yicha ham majburiy ekspertizadan o‘tkaziladi.

Xorijiy mutaxassislar ishtirokida joriy yilda kamida 500 nafar loyihachi va arxitektorni nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun to‘siqsiz muhit yaratishga o‘qitish vazifasi qo‘yildi.

Poytaxtdagi bekatlarni, jamoat transporti, jumladan metroni nogironligi bor odamlarga moslashtirish bo‘yicha ikki yillik dastur amalga oshiriladi. Bu ishlarni hududlarda ham boshlash bo‘yicha viloyat hokimlariga topshiriq berildi.

Barcha davlat idoralari saytlarini nogironligi borlar uchun qulay shaklga keltirish zarurligi qayd etildi.

O‘zA