“Bek-Baraka”da o‘tkazilgan nazorat tadbirida 555,6 million so‘m kirim qilindi
Toshkent viloyati soliq boshqarmasi hamda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Zangiota tumani bo‘limi hamkorlikda hududda faoliyat olib borayotgan “Bek-Baraka” ixtisoslashgan savdo kompleksi” MCHJga qarashli majmuada o‘rganish ishlari olib borildi.
“Bek-Baraka”da o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida ko‘plab norasmiy tadbirkorlarning faoliyati qonuniylashtirildi. Ta’kidlash kerakki, mazkur savdo do‘konlarida jami 708 ta tadbirkorlik sub’ekti mavjud bo‘lib, ularga onlayn-NKTlardan foydalangan holda mijozlarga QR-kod va fiskal belgili chek taqdim etish bo‘yicha tushuntirish-targ‘ibot ishlari olib borildi.
O‘rganish ishlarining birinchi kunida 555,6 million so‘m savdo tushumlari nazorat-kassa mashinasi xotirasiga kirim qilindi.
Xatlov jarayonida 267 ta savdo do‘konlarida 5 nafar fuqaro davlat ro‘yxatidan o‘tmasdan noqonuniy ravishda faoliyat yuritib kelayotgani aniqlandi va 4 nafar yakka tartibdagi tadbirkor hamda 1 nafar yuridik shaxs davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.
Sh.Mamaturopova, O‘zA