French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Behbudiyning yagona maqsadi xalqni milliy taraqqiyot sari yetaklash edi
15:20 / 2021-01-15

Vatanimiz tarixidagi 15 yanvar sanasi bilan bog‘liq ayrim voqealar bayoni.

1432 yil (bundan 589 yil oldin) –  Mirzo Ulug‘bek boshiga musibat tushdi. Uning yosh farzandi mirzo Abdurahmon to‘satdan vafot etdi. Ulug‘bek bu o‘g‘lini juda sevar, katta umidlar bilan o‘stirayotgan edi. Mirzo Abdurahmon ko‘p jihatlari bilan otasiga o‘xshab ketardi.

1910 yil (bundan 111 yil oldin) – geolog olim, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi akademigi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan va texnika arbobi G‘ani Mavlonov tavallud topdi (vafoti 1988 yil). U zilzilalar jarayonida yer osti suvlari va gaz tarkiblarining o‘zgarishi haqidagi ilmiy kashfiyot muallifi hisoblanadi.

1912 yil (bundan 109 yil oldin) – bolalar shoiri, dramaturg, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi Shukur Sa’dulla tavallud topdi (vafoti 1972 yil). U o‘zbek xalq ertaklari syujeti asosida “Yoriltosh” musiqali dramasi va librettosini yaratgan.

1914 yil (bundan 107 yil oldin) – Samarqanddagi Xalq uyida “Padarkush” spektakli birinchi marta namoyish etildi. Adabiyotshunos olim, akademik Naim Karimovning qayd etishicha, bu o‘zbek xalqining madaniy hayotida ulkan voqea bo‘ldi. Shu kuni o‘zbek milliy teatri dunyoga keldi. Behbudiy birinchi o‘zbek dramasining muallifigina bo‘lib qolmay, uni sahnalashtirishda ikkinchi rejissyor sifatida ham ishtirok etdi. Asarda o‘qimagan bolaning padarkushga – otasining qotiliga aylanish jarayoni tasvirlanar ekan, Behbudiy ilm-fanning shaxsning qanday inson bo‘lib shakllanishidagi rolini ko‘rsatib berishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan edi.

1936 yil (bundan 85 yil oldin) – Xorazmda birinchi radioeshittirish amalga oshirildi. Xorazmni radiolashtirish masalasi birinchi marta 1928 yilda ko‘tarilgan va 5 yillik reja tuzilib, unga ko‘ra birinchi navbatda 200 ta qattiq tovush chiqaruvchi karnaylar (gromkogovoritellar) o‘rnatish ko‘zda tutilgan. Shulardan 130 tasi qishloqlarda o‘rnatilishi lozim edi.

Tarixchi Gulchira Xusainbekovaning yozishicha, ana shu maqsadlar uchun 96 ming 802 rubl ajratildi. Xorazm okrug qo‘mitasining 1936 yil 3 yanvardagi qaroriga ko‘ra Xorazmda radio qo‘mita tashkil qilindi. Radiouzellar tashkil etilib, tuman markazlarida radiolar soni ko‘paytirildi.

1938 yil (bundan 83 yil oldin) – Buxoro, Farg‘ona, Samarqand, Toshkent va Xorazm viloyatlari tashkil etildi.

1997 yil (bundan 24 yil oldin) – O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Amaldagi qonun hujjatlari monitoringi instituti faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.


Alisher EGAMBERDIEV tayyorladi