Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Behbudiy tavalludining 150 yilligiga bag‘ishlangan insholar tanlovi g‘oliblari taqdirlandi
10:20 / 2025-12-30

Joriy yilda mamlakatimizda Mahmudxo‘ja Behbudiy tavalludining 150 yilligi keng nishonlandi. Shu munosabat bilan mamlakatimizda ko‘plab anjumanlar, davra suhbatlari, ijodiy tanlovlar tashkil etildi.

Samarqand viloyati Toyloq tumanidagi  “Behbudiy vorislari” xususiy maktabida buyuk ma’rifatparvar Mahmudxo‘ja Behbudiy tavalludining 150 yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan insholar tanlovining tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur tanlovda tumandagi 60 ta maktabdan saralangan iqtidorli o‘quvchilar ishtirok etdi.  

Dastlabki bosqichlarda faol qatnashgan o‘quvchilar orasidan jami 30 nafar eng namunali ishtirokchi final bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

Yakuniy natijalarga ko‘ra faxrli birinchi o‘rin — Behbudiy vorislari xususiy maktabi o‘quvchisi  Zinnura Olimboyevaga nasib etdi. Ikkinchi o‘ringa  58-maktab o‘quvchisi  Fariza Abduqodirova, uchinchi o‘ringa 3-maktab o‘quvchisi Taxmina Toshtemirova sazovor bo‘ldi.  

Tanlov g‘olib va sovrindorlari Toyloq tumani hokimi Behzod Raxmatullayev tomonidan qimmatbaho sovg‘alar hamda faxriy yorliqlar bilan tantanali tarzda taqdirlandi.  

Tadbir yoshlarning adabiyotga, milliy merosimiz va jadid bobolarimiz ijodiga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirishga xizmat qildi.

N.Usmonova, O‘zA