Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Behbudiy merosiga Yaponiyada ham qiziqish katta
20:43 / 2025-04-19

Jadidchilik harakati dunyo miqyosida ham olimlarning e’tiborini tortmoqda. Sababi taraqqiyparvar bobolarimiz faoliyatiga oid ma’lumotlar Markaziy Osiyo, ayniqsa Turkistonning XIX asr oxiri va XX asr avvaliga daxldor eng xolis va haqqoniy tasavvurni berishi bilan ahamiyatli.

Kinematografiya agentligi axborot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, Mahmudxo‘ja Behbudiyning 150 yilligi munosabati bilan Tokio shahrida bo‘lib o‘tayotgan xalqaro ilmiy anjuman doirasida Tokio Chet tillari universiteti (Tokyo University of Foreign Studies) talabalari bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Samimiy va qiziqarli ruhda bo‘lib o‘tgan muloqot davomida ishtirokchilar o‘zbek jadidchiligi, Mahmudxo‘ja Behbudiy merosi, zamonaviy O‘zbekiston kinematografiyasi va ikki davlat o‘rtasidagi madaniy aloqalar haqida fikr almashdilar.

Tadbir davomida namoyish etilgan “Mahmudxo‘ja Behbudiy” badiiy-publitsistik filmi yaponiyalik talaba va tadqiqotchilarda katta qiziqish uyg‘otdi. Filmdan keyin bo‘lib o‘tgan bahs-munozaralarda bu jihatlar yana bir karra o‘zining yorqin ifodasini topdi.    

Kunchiqar mamlakatda bo‘lib o‘tayotgan mazkur xalqaro anjuman Markaziy Osiyodagi islohotchilik harakati va jadidchilik merosini chuqur o‘rganish hamda targ‘ib etishga qaratilgani bilan ahamiyatli.  

N.Usmonova, O‘zA