Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi viloyat bo‘limi tashabbusi bilan Milliy gvardiya Qashqadaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasida jadid ma’rifatparvari Mahmudxo‘ja Behbudiy tavalludining 150 yilligi munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
“Oltin meros” xalqaro xayriya jamoat fondi viloyat bo‘limi rahbari, adiba Sharofat Ashurova, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi viloyat bo‘limi bosh mutaxassisi B.Sayfiyev Turkiston jadidlik harakatining asoschisi, atoqli adib va jamoat arbobi, noshir va pedagog Mahmudxo‘ja Behbudiy tavalludining 150 yilligini keng nishonlash bo‘yicha Prezident qarorida ko‘zda tutilgan vazifalar, alloma ilmiy-ijodiy faoliyati xususida ma’lumot berdi.

Harbiylar ishtirokida Behbudiy faoliyati bo‘yicha savol-javoblar o‘tkazilib, faol va bilimdon harbiylarga kitoblar tuhfa etildi.
Ma’lumot o‘rnida, Prezidentimizning 2024 yil 27 dekabrda qabul qilingan “Turkiston jadidlik harakatining asoschisi, atoqli adib va jamoat arbobi, noshir va pedagog Mahmudxo‘ja Behbudiy tavalludining 150 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida viloyat markazi Qarshi shahridagi ko‘chalardan biriga alloma nomi berilishi va yodgorlik byusti o‘rnatilishi tashabbusi ilgari surilgan.

Ma’lumki, Mahmudxo‘ja Behbudiy 1919 yilning 25 martida Shahrisabzda qo‘lga olinib, sirli ravishda Qarshi shahrida qatl qilingan.
O‘lmas Barotov, O‘zA muxbiri