Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Begonadan olingan hadyaga daromad solig‘i hisoblanadimi?
17:44 / 2021-05-24

– Savol: Begonadan hadya tarzida olingan hovliga ham daromad solig‘i to‘laymanmi?

– Javob: Soliq kodeksining 378-moddasiga ko‘ra, soliq solinmaydigan daromadlarga jismoniy shaxslardan meros yoki hadya tartibida, shuningdek, tekinga olingan pul va natura shaklidagi daromadlar kirishi belgilangan.

Bundan yaqin qarindosh bo‘lmagan shaxslar o‘rtasidagi ko‘chmas mulk, avtotransport vositalari, qimmatli qog‘ozlar, yuridik shaxslarning ustav fondlaridagi (ustav kapitallaridagi) ulushlar mustasno hisoblanadi.

Demak, yuqoridagi normaga asosan, siz hadya qiluvchining yaqin qarindoshi bo‘lmaganingiz uchun ham soliq imtiyozlari sizga nisbatan qo‘llanilmaydi.

Ushbu material TDYUUning «Yuridik klinika»si talabalari tomonidan o‘qituvchilar nazorati ostida tayyorlandi.

 

 

Gulnoza BOBOEVA,  O‘zA