Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Begobod mahallasi uchun yangi bino
10:49 / 2024-06-13

Farg‘ona viloyati Uchko‘prik tumanida “Begobod” mahalla fuqarolar yig‘ini uchun davlat-xususiy sheriklik asosida qurilgan zamonaviy bino foydalanishga topshirildi.

O‘zbekiston mahallalari uyushmasi raisi Qahramon Quronboyev Prezidentimiz tashabbusi bilan keyingi yillarda mahalla institutining jamiyat hayotidagi o‘rni va nufuzini, vakolatlarini oshirish, moddiy-texnik bazasi va kadrlar salohiyatini mustahkamlash bo‘yicha ulkan ishlar amalga oshirilayotganini ta’kidladi.  

Viloyatda bugungi kunda 1 ming 62 ta mahalla fuqarolar yig‘ini faoliyat ko‘rsatayotgan bo‘lib,  “mahallabay” ishlash tizimi keng joriy etilmoqda. Mahalla raisi, hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi, xotin-qizlar faoli, profilaktika inspektori, ijtimoiy xodim va soliq inspektoridan iborat ta’sirchan tuzilmaning samarasi amaliy ishlarda yaqqol namoyon bo‘lmoqda. Shu bilan birga mahallalarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlashga alohida e’tibor qaratilyapti. Mazkur yangi qurilgan mahalla binosi ham ana shu ishlarning uzviy davomidir.    

Shundan so‘ng, ramziy tasma qirqilib, mehmonlar yangi binoda “mahalla yettiligi” hamda hudud aholisi uchun yaratilgan barcha zarur sharoit va qulayliklar bilan tanishdi.  

Davlat-xususiy sheriklik asosida bunyod etilgan uch qavatli zamonaviy bino qurilishiga tadbirkor tomonidan 3 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ sarflangan. Shuningdek, yangi bino qariyb 100 million so‘mlik mebel va zarur jihozlar bilan ta’minlangan. Mazkur mahalla majmuasida aholi va yoshlarga xizmat qiladigan, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish hamda bandligini ta’minlashga qaratilgan yana bir qator qo‘shimcha loyihalar amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan.  

M.Sulaymonov, O‘zA muxbiri