Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Beeline Uzbekistan abonentlarga eSIM raqamli kartalarini ulashni boshladi
13:00 / 2021-12-20

Beeline Uzbekistan raqamli operatorga aylanish yo‘lini davom ettirmoqda. Kompaniya abonentlari endi eSIM'ga ulanish xizmatidan – oddiy SIM-kartalarning raqamli analoglaridan foydalanishlari mumkin. Yangi turdagi kartalar sinmaydi yoki yo‘qolmaydi, Beeline mijozlari uchun birinchi ulanish bepul.

Raqamli kartalar mobil qurilmalar rivojlanishidagi navbatdagi bosqichidir. Nano-SIM’kartalardan bir necha barobar kichik bo‘lgan eSIM modullari bilan ishlab chiqaruvchilar smartfon va planshetlarni, shuningdek, jismoniy kartalar uchun slotlarga ega bo‘lmagan, lekin mobil tarmoqqa ulanishi kerak bo‘lgan boshqa gadjetlarni jihozlaydilar.

“bugungi kunda tobora ko‘proq qurilmalar mobil Internet orqali ishlaydi. Masalan, butun dunyoda mashhur bo‘lgan fitnes bilakuzuklarini olaylik. Allaqachon eSIM’da ishlaydigan o‘nlab smartfon modellari mavjud, garchi bu nisbatan yangi texnologiya bo‘lda ham. O‘zbekistondagi eng tez internet* bilan biz abonentlarimizga ertaga nima kerak bo‘lishi haqida o‘ylaymiz. Yangi turdagi kartalar raqamli xizmatlarning qulay olamiga yanada chuqurroq kirib borishga yordam beradi”, - deya voqeani sharhlaydi Beeline Uzbekistan'ning bosh direktori Andjey Malinovski.

Birinchi marta eSIM’ni abonentlar kompaniyaning istalgan ofisida shaxsini tasdiqlovchi hujjatni ko‘rsatish orqali bepul ulashlari mumkin. Kelajakda smartfon yo‘qolgan taqdirda raqamli kartani almashtirish yoki undagi raqamni tiklash mumkin - bunday xizmatlar operatorning amaldagi tariflari bo‘yicha to‘lanadi. eSIM imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumotni kompaniyaning saytida topish mumkin.

*Ookla ma’lumotlariga ko‘ra, 2021 yilning birinchi yarmi (Speedtest xizmatini ishlab chiquvchi), Beeline Uzbekistan o‘z mijozlariga mamlakatdagi eng tezkor mobil Internetni taqdim etadi. Har yili butun dunyo bo‘ylab operatorlar o‘rtasida o‘tkaziladigan mobil Internet sifatini o‘rganish natijalarini Ookla saytida ko‘rish mumkin. 

***
«Unitel» MCHJ 2006 yil 12 sentyabrdan boshlab Beeline Uzbekistan savdo belgisi ostida xizmat ko‘rsatib kelmoqda. Beeline Uzbekistan – bosh qarorgohi Amsterdamda (Gollandiya) joylashgan VEON xalqaro telekommunikatsiya xoldingi tarkibiga kiradi.

VEON – bu 9 ta mamlakatda 213 milliondan ortiq abonentga ega global telekommunikatsiya va internet xizmatlarini yetkazib beruvchi kompaniya. Uning aksiyalari NASDAQ va Euronext Amsterdam fond bozorlarida ro‘yxatga olingan.

Beeline Uzbekiston-da 1.6 mingga yaqin xodim faoliyat yuritadi. 2006 yildan boshlab, O‘zbekiston bozoriga kirganidan beri, VEON mamlakat telekommunikatsiya sanoatiga 1.2 milliard dollardan ortiq mablag‘ kiritdi. Beeline savdo belgisi O‘zbekistondagi faoliyati davomida 1.7 milliard dollardan ortiq miqdorda soliq to‘lagan.

 

Sayt: beeline.uz

Facebook: fb.com/beeline.uz

Instagram: @beeline_uzbekistan

Telegram: https://t.me/beelineuzbekistan

Twitter: twitter.com/beeline_uz

LinkedIn: linkedin.com/company/beeline-uzbekistan/

 

Reklama huquqi asosida