Marg‘ilon shahrida bir xonadon bor. Ushbu xonadonni odamlar juda yaxshi biladi. Sababi bu uydan doimo sayroqi bedanalarning ovozi eshitilib turadi. Bir emas, bir nechta bedanalarning sayrashini eshitish uchun mahalla ahli xonadonga yig‘iladilar.
Bedana bir bahona, muhimi – diydor, deydi marg‘ilonliklar. Muhammadamin aka Mullayev 15 yildirki sayroqi bedanalarni boqadi. 4 dona bedana parvarishi bilan shinavandalikni boshlagan Muhammadamin akaning bedanalari soni bugun 97 taga yetdi.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/53yNj8R23VM" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture" allowfullscreen></iframe>Xalqimiz azaldan dala-dashtlar, o‘tloqlarda to‘r yoyib, unga bedana ilinishini soatlab kutishgan, so‘ng tutilgan qushni uyiga keltirib, to‘rqovoqda boqishgan. Bedananing xushovoz sayrashini eshitish ularga zavq, huzur bag‘ishlagan. Muhammadamin aka ham to‘r qovoqda turli bedanalarni boqadi va har birini o‘z nomi bilan chaqiradi.
Muhammadamin aka bedana parvarishi bilan shug‘ullanish kam mablag‘ talab qilishi, bunga katta joy shart emasligi ushbu faoliyatga qiziquvchilar uchun juda qulay ekanini ta’kidlaydi.
Ahror Ziyatov (video), O‘zA