English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
BBC: Gruziyada namoyishchilarga qarshi kimyoviy modda qo‘llangan
11:50 / 2025-12-02

Buyuk Britaniyaning BBC nashri Gruziyada namoyishni tarqatish jarayonida xavfli kimyoviy modda qo‘llangan bo‘lishi mumkinligini ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, mazkur moddadan Birinchi jahon urushi davrida foydalanilgan bo‘lib, keyinchalik salomatlikka ta’siri tufayli amaliyotdan chiqarilgan. Surushtiruv doirasida pediatr Konstantin Chaxunashvili namoyishchilarda nafas olish qiyinlashuvi, qayt qilish, bosh og‘rig‘i va charchoq kabi belgilar kuzatilganini bildirgan.

Gruziya Ichki ishlar vazirligi ayblovni rad etsa-da, namoyishni tarqatishda qo‘llangan vositalar haqida ma’lumot bermagan. 1 dekabr kuni Davlat xavfsizlik xizmati BBC ma’lumoti yuzasidan tekshiruv boshlanganini aytdi.

“Gruzinskaya mechta” partiyasi esa BBC nashrini tasdiqlanmagan axborot tarqatishda ayblab, xalqaro sudga murojaat qilish imkoniyati ko‘rib chiqilishini ma’lum qildi.

D.Hakimov, O‘zA