Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ba’zi yo‘nalishlardagi yo‘lovchi poyezdlari qatnovi bekor qilindi
14:46 / 2023-09-11

"O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ axborot xizmatining ma’lum qilishicha, joriy yilning 13-14-15 sentyabr kunlari texnik sabablarga ko‘ra yo‘lovchi poyezdlar harakati bekor qilinadi.

Xabarda qayd etilishicha, 4-sonli "Toshkent — Qarshi" yo‘nalishi, 14 sentyabr kuni 3-sonli "Qarshi — Toshkent" yo‘nalishi, 4-sonli "Toshkent — Qarshi" yo‘nalishi, 80-sonli "Toshkent — Termiz" yo‘nalishi, 79-sonli “Termiz — Toshkent” yo‘nalishi, 682-sonli “Qumqo‘rg‘on — Sariosiyo” yo‘nalishi, 681-sonli “Sariosiyo — Qumqo‘rg‘on” yo‘nalishi, 16/15-sonli "Toshkent — Qarshi — Toshkent" yo‘nalishi, 15 sentyabr 3-sonli "Qarshi — Toshkent" yo‘nalishi, 14 sentyabr kuni 760-sonli "Toshkent – Qarshi" poyezdi Toshkent vokzalidan Samarqandgacha qatnaydi.  

759-sonli "Qarshi – Toshkent" poyezdi Samarqand vokzalidan Toshkentgacha qatnaydi.  

Xabarda qayd etilishicha, mazkur kunlarga sotilgan chiptalar summasi to‘liq qiymatda qaytariladi.  

 

O‘zA