Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ba’zi tajovuz va ayblovlarga qaramay, xalqqa xizmat ko‘rsatishda davom etayotgan kasb egalari (+video)
16:37 / 2023-04-10

Issiq jon borki, betob bo‘ladi. Ba’zan oilaviy poliklinikalarga chiqib, shifokorlar xizmatidan foydalansak, ba’zan tez tibbiy yordamga ishimiz tushadi. Ana shunday paytda tibbiyot xodimlari ko‘mak beradi. Ammo doim ham ularning mehnatini qadrlayvermaymiz. Oxirgi paytlarda bemorlar va ularning yaqin qarindoshlari tomonidan tibbiyot xodimlariga tajovuz qilish hollari ko‘paydi. Bu jarayonda tibbiyot xodimlarini bemorlarning sog‘lig‘i yomonlashishida yoki o‘limida asossiz ayblash hollari yuz beryapti.

Biroq O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi amaldagi kodeksida xizmat vazifalarini bajarayotgan tibbiyot xodimlariga nisbatan qonunga xilof ravishda turli shakllarda ta’sir o‘tkazganlik, shuningdek tibbiyot xodimlarining tibbiy yordam ko‘rsatish bilan bog‘liq qonuniy tibbiy faoliyatiga to‘sqinlik qilganlik uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri ma’muriy javobgarlik belgilanmagan.

Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan joriy yil 27 martda «Tibbiyot xodimining qonuniy tibbiy faoliyatiga to‘sqinlik qilganlik uchun javobgarlik belgilanishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga qo‘shimchalar kiritish haqida»gi qonun imzolandi.

O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi tibbiyot xodimining qonuniy tibbiy faoliyatiga to‘sqinlik qilganlik uchun javobgarlik belgilovchi yangi modda bilan to‘ldirilmoqda.

Unga ko‘ra, mazkur kodeks tibbiyot xodimining qonuniy tibbiy faoliyatiga to‘sqinlik qilish yoki shu maqsadda tibbiyot xodimiga qonunga xilof ravishda har qanday shaklda ta’sir o‘tkazish:

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/13djelipOQg" title="Ba’zi tajovuz va ayblovlarga qaramay, xalqqa xizmat ko‘rsatishda davom etayotgan kasb egalari" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>

- fuqarolarga BHMning 5 baravaridan 7 baravarigacha (1,5 mln. so‘mdan 2,1 mln. so‘mgacha), mansabdor shaxslarga esa 7 baravaridan 10 baravarigacha (2,1 mln. so‘mdan 3 mln. so‘mgacha) miqdorda jarima solishga yoki 15 sutkagacha bo‘lgan muddatga ma’muriy qamoqqa olishga sabab bo‘ladi.

Ayni mavzu yuzasidan Respublika tez tibbiy yordam markazi xodimlarining fikri bilan qiziqdik.

Ushbu qonunning qabul qilinishi tibbiyot xodimlari huquqlarini himoya qilishga va ularning kasbiy faoliyatiga aralashuvlarning oldini olishga, shifokorlik kasbining maqomi hamda nufuzini oshirishga xizmat qiladi.

Barno MELIQULOVA, Yoqubjon MELIBOEV (video), O‘zA