English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bayrut portidagi 79 ta konteynerdan kimyoviy zaharlovchi modda topildi
07:40 / 2020-08-25

Livanlik harbiy mutaxassislar fransuz hamkasblari bilan birgalikda Bayrut portidagi 79 ta konteynerdan kimyoviy zaharlovchi moddani topdi.


Livanlik harbiy mutaxassislar fransuz hamkasblari bilan birgalikda Bayrut portidagi 79 ta konteynerdan kimyoviy zaharlovchi moddani topdi. “Ria Novosti” bu haqda Livan armiyasi matbuot xizmati hisobotiga tayanib xabar beradi.

“14-22-avgust oraligʻida 25 konteynerdagi tuzli kislota, shuningdek, 54 konteynerda sizib chiqishi halokatli natijalarga olib keluvchi moddalar borligi aniqlandi”, deyiladi maʼlumotda.

Eslatib oʻtamiz, 4-avgustda Bayrutda kuchli portlash sodir boʻlgandi. Hukumat portlashga ombordagi musodara qilingan 2750 tonna ammiak selitrasi yonishi sabab boʻlganini maʼlum qilgan, 170 kishi qurbon boʻlgandi. Shundan soʻng Livan poytaxtida hukumatga qarshi namoyishlar avj olib, oqibatda bosh vazir Hasan Diyab oʻz hukumati bilan toʻliq tarkibda isteʼfoga chiqishini maʼlum qilgandi.