Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bayroq qabul qilingan kun tantanali nishonlandi
19:31 / 2023-11-18

Bugun Jizzax viloyatidagi shahar va tumanlarda O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘i qabul qilingan kunning 32 yilligi munosabati bilan targ‘ibot-tashviqot tadbirlari bo‘lib o‘tdi.

Davlatimiz bayrog‘ini baland tutgan viloyat faollari, harbiylar, huquq-tartibot idoralari xizmatchilari, o‘quvchi va talaba-yoshlar Toshloq mahallasidan Sharof Rashidov shoh ko‘chasi bo‘ylab yurib, shahardagi Mustaqillik maydonida yig‘ilishdi.  

Ushbu maydonda balandligi 60 metr bo‘lgan, hajmi 10 x 20 metrli bayroq mustaqilligimiz timsoli sifatida hilpirab turardi.  

[gallery-14663]

Davlatimiz bayrog‘i qabul qilingan kun munosabati bilan uyushtirilgan tantanali tadbir ana shu ulkan bayroq ostida bo‘lib o‘tdi. Tadbirda viloyat, shahar va tuman hokimliklari, mehnat faxriylari, nuroniylar, harbiylar, huquq-tartibot idoralari xodimlari, viloyat oliy o‘quv yurtlari talabalari, sportchilar, o‘quvchi-yoshlar, jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari  vakillari ishtirok etdi.

Viloyat hokimining o‘rinbosari, senator Nazira Muxtorova so‘zga chiqib, barchani O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘i qabul qilangan kunning  32 yilligi bilan samimiy qutladi.

Viloyat san’atkorlari va ijrochi yoshlar tomonidan namoyish etilgan konsert dasturi tadbir ishtirokchilariga bayramona kayfiyat ulashdi.

A.Qayumov, J.Yorbekov (surat),  

O‘zA muxbirlari